O‘zbekistonda 519 ming pensionerning nafaqasi oshdi
O‘zbekiston
−
20190 1 daqiqa
2019 yil 1 yanvardan 519 ming nafardan ortiq fuqarolarning pensiya miqdori qayta hisoblandi. Bunga pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha ish haqining eng yuqori miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobariga oshirilishi sabab bo‘lgan. Bu haqda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
2018 yil davomida 330,5 ming nafar fuqaroga pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlangan.
2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar jami aholining 10,6 foizini tashkil etib, qariyb 3 million 500 ming nafarga yetgan. Ulardan 3 million 163 ming nafari pensiya, 323 ming nafari ijtimoiy nafaqa oluvchilar hisoblanadi.
Avvalroq, Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2018 yil davomida jami 2 milliard 776 million 500 ming so‘mlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar belgilangan tartibga zid ravishda to‘langani xabar qilingan edi.
Live
Barçasi