O‘zbekiston ertaga xalqaro qarz bozorida debyut qiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 14 fevral kuni O‘zbekiston yevroobligatsiyalari debyutini o‘tkazadi. Birinchi marta 1 mlrd AQSH dollari miqdorida obligatsiyalar joylashtiriladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Obligatsiya chiqaruvchi – O‘zbekiston diqqatini qaytarish muddati 5 va 10 yillik qimmatli qog‘ozlar joylashtirishga qaratgan. Tashkilotchilik vazifasini avval aytib o‘tganimizdek JP Morgan, Citi va Gazprombank bajaryapti.

7-12 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiyasi Nyu-York, Boston va Londonda roud-shou o‘tkazgan. Investorlarning talabnomalari 1,5 mlrd AQSH dollaridan oshib ketgan.

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qator fond boshqaruvchilariga 2020 yilda O‘zbekiston yana bir marta yevroobligatsiyalar savdosini rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida S&P i Fitch agentliklari O‘zbekistonga milliy va xorijiy valyutada uzoq muddatli “VV” reytingini bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

obligatsiya qarz

Baholaganlar

109

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing