O‘zbekiston delegatsiyasi Venadagi xalqaro tadbirda ishtirok etadi

Jamiyat

image

Bugun, 14 martdan 22 martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT NJB) Narkotik moddalari bo‘yicha komissiyasining Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan 62-yillik sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, NJB ijrochi direktori Yuriy Fedotov, SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari va BMT NJB bo‘linmalari boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. 

18 mart kuni sessiya doirasida narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi va ushbu sohadagi mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Narkotik Jinoyatchilik Vena

Baholaganlar

4

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing