Zargarlik mahsulotlariga QQSning nol stavkasi qo‘llanadi

Jamiyat

image

Bugun, 19 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, vakolatlarini kengaytirish hamda boshqaruv tizimini qayta tashkil etish borasida rejalar muhokama qilindi. Sohadagi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun berilgan imtiyozlar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etish taklif qilindi. 

Shuningdek, 2026 yil 1 oktyabrga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlariga nisbatan bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqildi. Ishlab chiqarish, ko‘rgazma va savdo maydonlarini o‘z ichiga olgan maxsus zargarlik markazlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, zargarlik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish masalasiga to‘xtalib, ikki tomonlama kelishish yo‘li bilan O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini AQSHga “GSP” tizimi bo‘yicha eksport qilish uchun bojxona to‘lovlarining nol stavkasini belgilash taklif etildi. 

Bundan tashqari, Mirziyoyev 2027 yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Zargarlik mahsulotlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing