Zarbdorda fuqaro kelinoyisini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 8 avgust kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida fuqaro kelinoyisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Zarbdor tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro A.N. qayniukasi A.S. bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida qayniukasi kelinoyisi A.N.ni oshxona pichog‘i bilan tanasining turli qismlariga urib tan jarohati yetkazganligi oqibatida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Zarbdor tumanida uka akasi bilan maishat qilib, ikki o‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilik sabab uni pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax

Baholaganlar

795

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing