Zarafshondagi uylarni suv bosdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 avgust kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida joylashgan suv quvuri yorilishi oqibatida shaharda joylashgan ba’zi bir uylarni suv bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 01:50 da shahardagi “Tashqi suv ta’minoti birlashgan energiya xizmati” 6-nasos stansiyasiga qarashli diametri 1250 mm bo‘lgan sanoat-texnik suv quvuri yorilishi oqibatida suv toshishi holati sodir bo‘lgan.

Suv toshishi ortidan esa Taraqqiyot ko‘chasidagi 23, 25-uylarning devorlari ostidan suv sizib chiqib, Shimoliy ko‘chasida joylashgan 16-uyning xonalariga kirgan va ba’zi uy jihozlariga qisman zarar keltirgan.

Vazirlikka ko‘ra, zudlik bilan shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etgan.

“Yuzaga kelgan holat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Sarvontepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgani oqibatida ko‘chalarni suv bosgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zarafshon suv quvuri Taraqqiyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing