Navoiyda 3 yashar qizning qo‘li go‘sht maydalagichga kirib ketdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 3 yoshli qizaloqning qo‘li ishlayotgan go‘sht maydalagichga kirib ketdi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi xonadonlardan birida kuzatilgan. Qizcha ovqat uchun go‘sht tayyorlayotgan onasining yonida turgan va kutilmaganda qo‘lini maydalagichning yuqori qismidagi bo‘shliqdan tushirib yuborgan. Ona darhol qurilmani to‘xtatgan, ammo barmoqlar metall konstruksiya ichida siqilib qolgan. Jihoz metaldan ishlangani hisobiga uni sindirish imkoni bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, ayol shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan. Tez tibbiy yordam xodimlari 12 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Bolani harakatlantirish jarayonida jarohat yanada chuqurlashib ketmasligi uchun 3 nafar tibbiyot xodimi qizaloqni go‘sht qiymalagich bilan birga shifoxonaga ko‘tarib kelishgan.

Shifokorning aytishicha, dastavval qo‘lni saqlab qolish imkoniyati 50 foizdan past baholangan. Jarohat chuqur bo‘lgani, yirik nerv tolalari va qon tomirlari shikastlangani sababli nekroz, funksiyani yo‘qotish xavfi yuqori bo‘lgan.

Hozirda qizaloqning ahvoli barqaror, u jarrohlikdan keyingi kuzatuv palatasida. Tiklanish jarayoni kamida 2–3 oy, to‘liq motor funksiyalarini tiklash esa 6 oygacha davom etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Zarafshon go'sht maydalagich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing