Zarafshon daryosida 3 nafar bola cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatidagi Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borgan 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketib, vafot yetdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 iyul kuni soat 13:50 da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zarafshon daryosining Navoiy viloyati Karmana tumani “Katta machit” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismiga shu hududda istiqomat qiluvchi 3 nafar voyaga yetmagan bolaning cho‘milish maqsadida borib, cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, Maxsus qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari, qutqaruv qismlari qutqaruvchilari hamda tegishli xizmatlar vakillari jalb etilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv tadbirlari natijasida bugun, 10 iyul kuni uch nafar bola Zarafshon daryosining Karmana tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismidan qutqaruvchilar tomonidan topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 2011 yilda tug‘ilgan ikki bola kanalga cho‘kib ketishi oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing