Zaporojeda “referendum”ga tayyorlanayotgan “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati qarorgohi portladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi Zaporoje viloyatining Melitopol shahrida “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati shtab-kvartirasida portlash sodir bo‘ldi. Harakat bosib olingan hududlarning Rossiyaga qo‘shilishi uchun referendumga tayyorgarlik ko‘rish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda viloyatning Rossiya Federatsiyasi nazoratidagi ma’muriyati rahbari Vladimir Rogov ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Rogov voqeani “terror hujumi” deb atadi va bunda Ukrainani aybladi.

Portlash fakti haqidagi ma’lumotni Melitopol meri Ivan Fedorov ham tasdiqlagan. U o‘z xabarida shikastlangan binoni “Yagona Rossiya”ning bosh qarorgohi deb atagan.

“Psevdoreferendumdan bir qadam uzoqlashish”, deb izoh bergan u.

Ukraina harbiylari hodisaga izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing