Zaporoje AESda yong‘in sodir bo‘ldi
Olam
−
12 avgust
8111Kecha, 11 avgust kuni hamon Rossiya qo‘shinlari nazoratida bo‘lgan Zaporoje atom elektr stansiyasining sovitish minorasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Zaporoje viloyatining bosib olingan qismiga Kreml tomonidan tayinlangan rahbar Yevgeniy Balitskiy ma’lum qildi.
“Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Energodar shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida Zaporoje AES sovitish tizimlari inshootida yong‘in sodir bo‘ldi”, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Uning aniqlik kiritishicha, AESning barcha 6 ta energobloklari hamon sovuq to‘xtash rejimida va “bug‘ning portlashi yoki boshqa oqibatlar xavfi yo‘q”, shuningdek, Zaporoje AES va Energodar shahri atrofidagi radiatsiyaviy fon normal saqlanib qolgan.
Ukrainaning Energoatom rasmiy kanali ham mintaqada radiatsiya ko‘rsatkichlari normal ekanligini tasdiqladi.
Nikopol viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Yevgeniy Yevtushenkoning aytishicha, stansiyadagi yong‘in “provokatsiya yoki Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi aholi punktlarida vahima qo‘zg‘ashga urinish”dir. Unga ko‘ra, rossiyalik harbiylar atom elektr stansiyasining sovitish minoralaridan birida avtomobil shinalariga o‘t qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
“MAGATE ekspertlari kechqurun ko‘plab portlashlardan so‘ng Zaporoje AES hududining shimoliy qismidan quyuq qora tutun chiqqaniga guvoh bo‘lishdi”, deyiladi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
LiveBarchasi