Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Zaporoje AES ustidan nazorat boshqa davlatga o‘tkazilmaydi – Rossiya

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporoje AES (ZAES) ustidan nazorat Ukraina yoki boshqa davlatga o‘tkazilishini istisno qildi. Tegishli bayonot kecha, 25 mart kuni Rossiya TIV saytida e’lon qilindi

“ZAES – Rossiyaning yadroviy inshootidir. Stansiyaning Rossiya atom sanoatiga qaytishi uzoq vaqtdan beri xalqaro hamjamiyat faqat tan olishi kerak bo‘lgan faktdir”, deya ma’lum qildi Rossiya TIV.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, “Zaporoje AESining biron bir davlat bilan birgalikda ishlashi” qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.

“Bu holda yadro xavfsizligini to‘g‘ri ta’minlash, shuningdek, yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi masalalarini tartibga solish mumkin emas. Jahon amaliyotida bunday pretsedentlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Zaporije AES Yevropadagi eng yirik elektr stansiyasi bo‘lib, u Energodarda joylashgan. U 2022 yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urush paytida Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp xavfsizlik nuqtai nazaridan Ukrainadagi to‘rt atom elektr stansiyasi boshqaruvini AQSH o‘z qo‘liga olishi mumkinligini aytgan edi. Vashingtonning fikricha, atom elektr stansiyasini AQSH mulkiga o‘tkazish Ukraina energetika infratuzilmasi uchun eng yaxshi himoya bo‘ladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Tramp bilan 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida “faqat Rossiya tomonidan vaqtinchalik bosib olingan bitta stansiya haqida” gap ketganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina Zaporoj'e AES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing