Zangiotadagi yap-yangi shifoxonada navbatdagi qurbon

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilgan koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan yangi shifoxonada navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida urg‘ulashicha, koronavirusga chalingan bemor ushbu shifoxonaga yotqizilgunga qadar 10 kun uyida davolangan.  

Poytaxtlik 60 yoshli M.S. (ayol) joriy yil 10-20 iyul kunlari uy sharoitida xususiy shifoxona shifokorlarining tavsiyalariga muvofiq davolangan. 21 iyul kuni esa Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: marhumning uy sharotida davolanishiga nima majbur qilgan. U haqiqatan ham o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmaganmi yoki murojaat qilib, kerakli javobni olmaganmi? Balki uning necha marta tez tibbiy yordamni chaqirishga uringanini tekshirib ko‘rish kerakdir. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

308

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing