Zangiotadagi shifoxonada yana bir bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda koronavirusdan 67 yoshli bemor vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 146 nafarga yetdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 67 yoshli Q.N. (erkak)da 20 iyul “COVID-19” tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib, Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing