Zangiotadagi shifoxonada 80 va 41 yoshli erkaklar koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent va Sirdaryoda koronavirusga chalingan bemorlar vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 161 nafarga yetdi.

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 80 yoshli bemor O.A. (erkak) joriy yil 28 iyul kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir bemor Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashagan 41 yoshli bemor F.T. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘pka shishidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made