Zangiotada YPX xodimi Spark`dagi “otvyortka”ni o‘tkir tig‘li vosita deb olib qo‘ydi

Jamiyat 8214
image
-

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchining avtomobilidan "otvyortka" topilgani uchun unga bayonnoma rasmiylashtirgani haqida xabar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi YHXBB Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 23 mart kuni soat 23:00 larda, Zangiota tumani, “Tokzor” MFY hududida joylashgan blok-postda xizmat olib borgan YPX xodimi J. Iskandarov tomonidan Spark to‘xtatilgan.

Xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida XPB TP profilaktika inspektori A. Almanov tomonidan avtomobilda mavjud bo‘lgan "otvyortka" o‘tkir tig‘li vosita deya hisoblanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchining ma’lum qilishicha, tig‘ bo‘yicha nazorat o‘tkazilganda inspektor bilan o‘zaro tortishishgan va u jahl ustida otvyortkani tig‘ deya baholab, dalolatnoma tuzgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 449
Reyting: 2.9
Teglar
t
×