Zangiotadagi do‘konda dahshatli yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 6 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi do‘konlardan birida dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi. Makzur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, soat 12:29 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahallasi hududida joylashgan do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari yetib borib, ayni vaqtda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

“Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Mazkur xabar yaqin vaqt ichida qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirobod tumani Eski Otchopar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing