Zangiotada ochiq maydonda qurilish chiqindilari yonib ketdi
3-sahifa
−
19 mart
1194Bugun, 19 mart kuni Toshkent viloyatidagi ochiq maydonda qurilish chiqindilari yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:00 da Zangiota tumani “Nurafshon” MFY O‘zbekiston ovozi ko‘chasida joylashgan ochiq maydonda qurilish chiqindilari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:17 da o‘rab olingan va soat 10:28 da o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqqandi.
LiveBarchasi