Zangiotada erkak poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
31 yanvar 2023
5072Toshkent viloyati Zangiota tumanida 59 yoshli erkak poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi.
Joriy yilning 17 yanvar kuni soat 20:15 larda Zangiota tumanidagi “O‘zbekiston-O‘rta ovul” temiryo‘l bekatlari oralig‘ida poyezd erkakni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, erkak temiryo‘l panjaralaridan oshib o‘tib, temiryo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu vaqtda poyezd kelib qolgan va fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, marhum o‘zi yolg‘iz yashagan. Shuningdek, 10 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda poyezd 17 yoshli bolani urib yuborgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi