Zangiotada 3 ta uyga o‘t ketdi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2020 8628 1 daqiqa
Bugun, 20 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida birdan uchta yonma-yon uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong‘in soat 7:19 da “Aloqa” MFYdagi uchta uyda ketma-ket yong‘in kelib chiqqin. Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan.
Soat 08:05 da yong‘in o‘rab olingan bo‘lsa, 08:33 da uni to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘inda uylarning 400 kv. m. maydoniga zarar yetkazgan.
Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr