Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga oid tadqiqot olib boriladi
Jamiyat
−
28 noyabr 2020 5903 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus va pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar keskin kamaygani inobatga olinib, muassasalar bazasidan unumli foydalanish hamda kelgusida ularning faoliyatini tibbiyotning boshqa yo‘nalishlariga ham moslashtirish maqsadida reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, ushbu shifoxonalarda koronavirusga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Shu maqsadda shifoxonalarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.
Live
Barchasi