Zangiota shifoxonasida kovidga chalingan ayollar qancha farzand dunyoga keltirgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil boshidan beri Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalinib, davolanayotgan homilador ayollar jami 377 nafar chaqaloq dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, bemorlar orasida 122 nafar homilador ayol bor. Kecha, 14 oktyabr kuni shifoxonada 2 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Yil boshidan buyon esa Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida yangi tug‘ilgan bolalar soni 377 nafarga yetgan.



Qayd etilishicha, bugun, 15 oktyabr holatiga ko‘ra, shifoxonada 1350 nafardan ziyod bemor muolaja olmoqda. Ulardan 39 nafari o‘ta og‘ir, 219 nafari og‘ir, 933 nafari o‘rta og‘ir holatda. Shuningdek, jonlantirish bo‘limida 170 nafar bemor shifokorning doimiy nazorati ostida. 

Ma’lum qilinishicha, bolalar o‘rtasida ham kasallikka chalinish ko‘rsatkichlari yuqori. Muassasada 18 yoshgacha bo‘lgan 167 nafar o‘g‘il-qiz (jami bemorlarning 12,3 foizi) davolanmoqda. Ulardan uch nafari esa ayni paytda jonlantirish bo‘limida.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq koronavirus

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing