“Zamin” fondi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming o‘quvchisiga eshitish apparatilari topshirmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Birinchi xonimi – “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli maktablarda bo‘ldi va o‘quvchilar bilan uchrashdi.

“Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri, siz o‘zingizni namoyon qilishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. O‘qishda, ishda, ijodda, sportda, ijtimoiy faoliyatda o‘zingizni topa olishingizni istaymiz. Qobiliyatingiz, qiziqishlaringizni yuzaga chiqarishda hech qanday to‘siq bo‘lmasin, deymiz”, degan Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilar bilan uchrashuvda.

U so‘zida davom etib, muhim vazifalardan biri – inklyuziv jamiyatni yaratish ekanini ta’kidlagan. 

“Siz o‘z mahoratingizni oshirib, sifatli ta’lim olishingiz va to‘siqlarsiz jamiyatga yanada moslashishingizni istaymiz”, degan Ziroat Mirziyoyeva uchrashuvda.

Ziroat Mahmudovna har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, “Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy FM tizimlarini sovg‘a qildi. Umuman olganda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan 8 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda ana shunday jihozlar o‘rnatiladi. 2022 yil oxirigacha Respublika bo‘ylab barcha 18 ta maktablar to‘liq jihozlanishi kutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda o‘quv jarayonida jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o‘qituvchilar uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar o‘tkazilmoqda.

FM tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradilar.

Samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ziroat Mirziyoeva Zamin fondi

Baholaganlar

25

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing