Zaxarova Smolinning o‘zbek millati haqidagi gaplariga izoh berdi
Olam
−
24 yanvar
46589Avvalroq, rossiyalik shovinist tarixchi Mixail Smolin Rossiya televideniyesidagi chiqishida Markaziy Osiyodagi xalqlarning shakllanishini “yangicha yondashuv” bilan asoslab, go‘yoki 1917 yildagi inqilobgacha o‘zbek, qozoq kabi millatlar bo‘lmaganini iddao qilgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarixchining gaplariga izoh berib, bu uning shaxsiy fikri ekanini bildirdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini umumiy tarix va insonparvarlik aloqalari, savdo-iqtisodiy munosabatlar bog‘lab turadi. Bizning chinakam yaqin hamkorligimiz, strategik sherikligimiz va aksariyat hollarda ittifoqdoshligimiz bir-biriga hurmat va madaniyatlar muloqotiga asoslangan.
Rossiya, ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo mintaqasining suveren va mustaqil davlatlari bunday munosabatlarning ahamiyatini to‘liq tushunadi.
Qayd etilgan g‘alati bayonotlar tabiatan sof sub’ektivdir, yuqorida aytib o‘tilgan voqeliklar bilan hech qanday umumiylik yo‘q va bu butunlay muallifning vijdoniga havola”, deydi Zaxarova.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, Smolinning “g‘alati bayonoti” butunlay muallifning shaxsiy qarashlaridir.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni bosib olish haqidagi tajovuzkor gaplaridan so‘ng ham Mariya Zaxarova shu mazmunda bayonot bergandi
LiveBarchasi