Zafarbek Karimov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport
−
10 avgust 2019 5423 1 daqiqa
Toshkentdagi “Universal” sport saroyida o‘tkazilayotan taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 9 avgust kunidagi bellashuvlarida o‘zbekistonlik sportchi Zafarbek Karimov -41 kilogramm vazn toifasida final jangini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Eronlik Amirhusayn Noruziga qarshi bahs olib borgan Zafarbek Karimov murosasiz bellashuv yakunida ustun kelib, jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bellashuv 31:11 hisobida yakunlandi.
Bu terma O‘zbekiston terma jamoasining mazkur musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi medalidir. 8 avgustdagi bellashuvlar mobaynida Muhammadamin Aliyev (-33 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr