Zafar Ro‘ziyev, Ruslanbek Davletov Senatda hisobot beradilar

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi joriy yilning 28 fevral kuni chaqirilishi haqida xabar bergan edik. 

Yalpi majlisda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018 yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axboroti;

Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti tinglanadi. 

Senat yalpi majlisi kun tartibiga “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar kiritilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Senati Yalpi majlis

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing