Zafar Ro‘ziyev Jizzaxda yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019 19003 1 daqiqa
Bugun, 26 oktyabr kuni Jizzax viloyati hokimligida tashkiliy masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.
Tashkiliy masalada shu paytgacha Zarbdor tumani hokimi bo‘lgan Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oybek Ashurmatov Zarbdor tumani hokimi sifatida 2018 yil 13 avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada tuman hokimi etib 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich tayinlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025