Zafar Ro‘ziyev va Shuhrat G‘aniyev maktablarga borib, dars o‘tdi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
6030Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 9904 ta davlat umumta’lim maktablarida 2019-2020 o‘quv yili boshlandi.
2019-2020 o‘quv yilida maktablarda jami 6,16 mln nafar o‘quvchi tahsil oladi. O‘tgan o‘quv yiliga nisbatan bu yil o‘quvchilar soni 338,56 ming nafarga ko‘p. Shundan 620 ming nafardan ortiq o‘quvchilar ilk bor 1-sinfga qadam qo‘ydi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bugun maktablarga borib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tib berganlar.
Joriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari endi viloyatlar, shahar va tuman hokimlari maktablarga borib, dars o‘tishi kerakligi haqida gapirgan edi.
Zafar Ro‘ziyev Koson tumanidagi 62-umumta’lim maktabiga borib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tib bergan.
O‘quvchilar bilan uchrashuv davomida maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirilgan.
Shuhrat G‘aniyev esa maktabdagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga viloyatlik senatorlarni ham boshlab borgan.
“Mustaqillik darsi” boshlanishidan avval 1-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alari topshirilgan.
LiveBarchasi