Zaharlangan 69 nafar o‘zbekistonlikdan biri halok bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Samara viloyatida zaharlangan 69 nafar O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda qolayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlayotgan chog‘ida “noma’lum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan 69 nafar o‘zbekistonlikdan 48 nafari V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida bo‘lib turibdi. Ularning ahvoli barqaror-og‘ir deb baholanmoqda. 

O‘zbekiston fuqarosi O.S. vafot etdi va hozirda Bosh konsulxona marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatmoqda. 

20 nafar o‘zbekistonlikka shifoxonadan javob berildi va ular ish joylariga qaytishdi. Ular mahalliy shifokorlarning doimiy kuzatuvida bo‘lib turibdi. 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh yuzaga keladigan masalalarni hal qilish uchun rossiyalik hamkasblari bilan aloqa o‘rnatdilar.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni doimiy nazoratda ushlab turibdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh konsulxona Samara

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing