O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5,5 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 nafarga oshib, 5561 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 62 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1446 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing