Yuzga yaqin avtotransport Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tolmay qoldi

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni 90 ta avtotransport vositalari “Kazigurt” bojxona postida O‘zbekistonga kirish uchun navbat kutib qolgan. Bunga O‘zbekiston Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan vaziyat sabab bo‘lgan. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

“12 mart kuni taxminan soat 10:00 da Turkiston viloyatidagi “Kazigurt” bojxona postining tovarlarni eksportga jo‘natishni tasdiqlovchi qismida “Astana-1” axborot tizimi ishlamay qoldi. Modulning qisman uzilishiga aloqa kanalining beqaror ishlashi sabab bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Shuning uchun 12 mart kuni soat 18:00 lar atrofida o‘tkazish punkti yaqinida 180 ta avtotransport vositasi yig‘ilib qolgan. Soat 18:30 dan boshlab axborot tizimi odatdagi tarzda ishlay boshladi.

O‘tkazish punktidagi keskinlikni kamaytirish uchun qo‘shimcha xodimlar jalb qilingan va 167 ta avtomobil jo‘nash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

13 mart kuni soat 16:00 holatida hisob-kitoblarga ko‘ra, 90 ta avtomobil O‘zbekistonga chiqish uchun kutib turgan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona chegara O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing