“Yuventus” o‘tgan mavsumni katta zarar bilan yakunladi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi 2020-2021 yilgi mavsumni 190,7 million yevrolik moliyaviy zarar bilan yakunlaydi. Bu o‘tgan yilgidan ikki baravar ko‘p. Bu haqda “Calcio e Finanza” nashri xabar berdi.
 
Ta’kidlanishicha, “Yuventus” boshqa klublar singari, klubni bo‘sh tribunalarda o‘ynashga majbur qilgan pandemiya ta’sirini hali ham his qilmoqda. Klubning Chempionlar Ligasini erta tark etishi ham yana bir muhim omil bo‘ldi.
 
Qolaversa, “Yuventus” ketma-ket to‘rtinchi yilni zarar bilan yakunladi. Jamoa 2015-2016 mavsumda 4,1 million yevro, 2016-2017 mavsumda esa 42,6 million yevro miqdorida zarar ko‘rgan.


Ma’lumot uchun, “Yuventus” o‘tgan mavsumda 78 ochko evaziga Italiya A serisida 4-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus A seriya Turin

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing