“Yuventus” “Real” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
08 fevral
3218Madridning “Real” klubi markaziy yarim himoyachisi Toni Kroos 10 yillik faoliyatidan so‘ng Madrid jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda “Football Italia” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachining vakillari “Yuventus”ga o‘z mijozi xizmatlarini taklif qilgan. Turinliklar katta ehtimol bilan 34 yoshli yarim himoyachini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Chunki yozgi transfer oynasida ularning byudjeti ancha cheklangan.
Kroos 2014 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi “qaymoqranglilar” safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining narxi 14 million yevroni tashkil qiladi.