Germaniyada jahon darajasidagi futbolchi qolmadi – Kroos
Sport
−
02 iyul 2683 1 daqiqa
2014 yilgi jahon chempioni Toni Kroos Germaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokiga sabab – terma jamoada yulduz futbolchi yo‘qligini aytdi. Bu haqda Kroos o‘zining ukasi Feliks bilan o‘tkazilgan podkastda so‘z ochdi.
Sobiq yarim himoyachi Germaniyaning musobaqani muddatidan avval tark etishining sabablari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Germaniyada birorta ham jahon darajasidagi futbolchi yo‘q. Bu haqiqatni tan olishimiz kerak. Biz yirik turnirlarda muvaffaqiyat qozongan paytlarda har doim yanada yuqori darajaga ko‘tarilishimiz mumkin degan ishonch bor edi. Bu jamoa esa endi bunga qodir emas. Biz shunchaki Paragvaydan kuchlimiz, qandaydir yo‘l bilan baribir g‘alaba qozonamiz, deb o‘ylaymiz”, deydi Kroos.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Paragvayga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etgandi.
Ma’lumot uchun, Toni Kroos 2010–2024 yillar davomida Germaniya terma jamoasi safida 114 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U 2014 yilgi Jahon chempionati g‘olibi, 2010 yilgi mundial bronza sovrindori hisoblanadi. Kroos milliy jamoadagi faoliyatini Yevro-2024 musobaqasidan so‘ng yakunlagan.
Live
Barchasi