“Yuventus” “muammolar girdobi”dan chiqa olmayapti
Sport
−
20 may 2023
3331Italiya futbol federatsiyasi prokuraturasi “Yuventus”ga yangi ayblovlar qo‘ygan. Bu haqda “Repubblica.it” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Yuventus”ning sobiq yetakchilari – Andrea Anelli, Fabio Paratichi, Federiko Cherubini, Jovanni Manna, Paolo Morganti va Stefano Bragin 2019/20 yilgi mavsumda maoshlar bo‘yicha firibgarlik qilgan. Sud jarayoni iyun oyiga belgilangan.
Avvalroq, klubga yanvarda olib qo‘yilgan A Seriyadagi 15 ochko qaytarib berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus pandemiyasi davrida moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha olib borilayotgan tekshiruvlar munosabati bilan Turin klubidan keyingi mavsum oldidan ochkolar olib qo‘yilishi mumkin.
“Yuventus” joriy mavsum Italiya chempionatining 35-turidan so‘ng 69 ochko bilan 2-pog‘oanada bormoqda. Klubning chempionatdagi eng yaqin taq’ibchisi “Inter” hisoblanadi. Milan klubi hisobida 66 ochko mavjud.