“Yuventus” XXI asrda taransferlar uchun qancha pul sarfladi?

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” futbol klubi oxirgi yigirma yillikda yangi futbolchilarni transfer qilish uchun 2,3 milliard yevro sarflagan. Bu haqda “Goal” nashri yozmoqda.

“Keksa sinora” oxirgi yigirma yilda transferlaga pul sarflashdan tortingani yo‘q. “Yuventus” rasmiylari kimni jamoaga olib kelishni to‘g‘ri deb bilsa, shu futbolchiga pulni ayamasdan sarfladi.

“Yuventus” futbol olamidagi eng muvafaqiyatli jamoalardan biri hisoblanadi. “Zebralar”ning sharafini mutlaqo super yulduzlar himoya qilgan. Bir o‘ylab ko‘ring Mishel Platini, Zinedin Zidan, Pavel Nedved va Gonsalo Iguain kabi yulduzlar “Yuventus” uchun o‘ynashgan. Yuqoridagi yulduzlarning deyarli barchasi professional faoliyatini boshqa jamoalarda boshlagan, ammo ular “Yuventus” tomonidan yuborilgan chekni qabul qilishga majbur bo‘lgan. Sababi “zebralar” Italiyadagi eng saxiy klublardan biri hisoblanadi.

“Yuventus”ning aqlbovar qilmaydigan katta transferlari 2001 yilda boshlangan. O‘shanda “keksa sinora” Janluiji Buffon uchun “Parma”ning hisob raqamiga 52,88 million yevro o‘tkazib bergan.

2018 yili esa “Yuventus” o‘z tarixidagi eng yirik xaridni amalga oshirdi. Klub Ronaldu uchun “Real Madrid”ga 117 million yevro to‘ladi.

Ronaldu va Buffon “Yuventus” tarxidagi yagona hayratlanarli transfer emas. Italiya klubining 2001 yildan boshlab amalga oshirgan yirik transferlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

“Yuventus” tarixidagi eng qimmat transferlar:

1. Krishtianu Ronaldu – (2018 – 117 million yevro);
2. Gonsalo Iguain – (2016 – 90 million yevro);
3. Matteys de Ligt – (2019 – 85,50 million yevro);
4. Dushan Vlaxovich – (2022 – 81,60 million yevro);
5. Artur Melo – (2020 – 76 million yevro);
6. Janluiji Buffon – (2001 – 52,88 million yevro);
7. Pavel Nedved – (2001 – 45 million yevro);
8. Bremer – (2022 – 41 million yevro);
9. Paulo Dibala – (2015 – 41 million yevro);
10. Joau Kanselu – (2018 – 40,40 million yevro).

Ma’lumot uchun, “Yuventus”ning bu mavsumda umuman omadi kelmayapti. Klub Italiya chempionatining ortda qolgan 10 ta turidan so‘ng, 16 ochko to‘plab musobaqa jadvalining 8 pog‘onasiga joylashgan. Qolaversa, “zebralar” Yevropa chempionlar ligasini ham tark etishga yaqin turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Yuventus”

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made