“Yuventus” A Seriya to‘purarini sotib oladi
Sport
−
25 yanvar 2022
2670“Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovich “Yuventus”ga o‘tishga yaqin turibdi.
“La Gazzetta dello Sport” xabariga ko‘ra, Turin klubi 21 yoshli serbiyalik hujumchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan va unga ko‘ra yiliga 7 million yevro maosh taklif qilgan. Endi “Yuventus” Vlaxovichni sotib olish uchun “Fiorentina”ni 60 million yevroga rozi qilishi kerak.
Avvalroq, “Yuventus” futbolchi uchun Florensiya klubiga 35 million yevro va Deyan Kulusevskini bermoqchi ekani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Vlaxovich Italiya klubiga 2018 yilda Serbiyaning “Partizan” jamoasidan kelib qo‘shilgan. Dushan joriy mavsum A Seriyaning 21 o‘yinida maydonga tkshgan va 17 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Vlaxovichning shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.