“Yuventus” A seriya to‘purarini qishdayoq sotib olmoqchi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi Florensiyaning “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “La Gazetta dello Sport” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qishki transferlar oynasida “Keksa Sinora” “binafsharanglilar”ning mavsumdagi eng yaxshi to‘purari uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor. Turinliklar serbiyalik futbolchining transferi uchun harakatni kuchaytirdi, chunki Vlaxovichning o‘zi ham jamoaga o‘tishdan manfaatdor. Biroq “Fiorentina” 21 yoshli futbolchi uchun 70 million yevro talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni London shahridagi “Stemford Brij” stadionida UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o‘yinida pley-off yo‘llanmasini kafolatlagan “Yuventus” mezbon “Chelsi”dan qaqshatqich mag‘lubiyatni (0:4) qabul qilib oldi.

Ushbu natija “Keksa Sinora”ning so‘nggi 63 yillikda yevrokuboklardagi eng yirik mag‘lubiyati sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Dushan Vlaxovich Italiya A seriyasining joriy mavsummida 13 o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 10 ta gol urgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Fiorentina A Seriya Vlaxovich

Baholaganlar

10

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing