“Yuventus” 63 yildan so‘ng yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 23 noyabr kuni London shahridagi “Stemford Brij” stadionida UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o‘yinida pley-off yo‘llanmasini kafolatlagan “Yuventus” mezbon “Chelsi”dan qaqshatqich mag‘lubiyatni (0:4) qabul qilib oldi.

Ushbu natija “Keksa Sinora”ning so‘nggi 63 yillikda yevrokuboklardagi eng yirik mag‘lubiyati sifatida qayd etildi.

UEFA tashkiloti rasmiy sayti xabariga ko‘ra, kechagi mag‘lubiyat Turin klubining Chempionlar ligasida 1958 yilning oktyabr oyida Yevropa kubogi saralash bosqichining javob o‘yinida Avstriyaning “Viner” klubiga yirik 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alaba evaziga londonliklar pley-off bosqichiga yo‘l olishdi. Jamoa 12 ochko bilan guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi. “Yuventus” ikkinchi o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa-da, hisobida 12 ochko mavjud va 1/8 final chiptasi kafolatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Yuventus EChL Chempionlar ligasi UEFA

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing