“Mançester Siti” safarda “Leypsig”ni mağlub etdi

Sport

−

image

Keça, 4 noyabr kuni UEFA Çempionlar ligasining törtinçi turi doirasidagi bir qator uçraşuvlar bölib ötdi. Unda Angliyaning “Mançester Siti” klubi Germaniyaning “Leypsig” jamoasini safarda 3:2 hisobida mağlub etdi.

Uşbu bahsda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tuşdi va töliq 90 daqiqa harakat qildi.

Uçraşuvda hisob 37-daqiqada “Leypsig” himoyaçisi Kastello Lukebaning öz darvozasiga kiritgan goli orqali oçildi. Mezbonlar 49-daqiqada Ridle Baku va 61-daqiqada Antonio Nussaning gollari bilan javob qaytardi. “Mançester Siti” safida esa 58-daqiqada Enso Fernandes va 78-daqiqada Erling Holand öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Şu tariqa, “şaharliklar” joriy mavsum Çempionlar ligasidagi 3-ğalabasini qölga kiritdi.

Tört turdan keyin “Mançester Siti” 9 oçko bilan turnir jadvalida 7-örinni egallab turibdi. “Leypsig” esa 3 oçko bilan 30-poğonada. Keyingi turda angliyaliklar joriy yilning 24 noyabr kuni “Napoli”ni, nemislar esa “Lans”ni qabul qiladi.

Kunning boşqa uçraşuvlarida “Borussiya” Dortmund öz maydonida “Betis”ni 2:1, “Portu” “Napoli”ni 4:1 hisobida mağlub etdi. “Bryugge” safarda “PSV”dan 2:1 hisobida ustun keldi. “Arsenal Çexiyada “Slaviya”ni 2:1 hisobida yengdi. Italiyaning “Komo” jamoasi esa safarda “Lans”ni 9:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing