“Yuventus” 6 oy o‘yin amaliyotisiz yurgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabo rasman “Yuventus” bilan shartnoma imzoladi.

1 iyul sanasidan e’tiboran erkin agentga aylangan futbochi turinliklar safiga tekinga kelib qo‘shildi. Futbolchi “zebralar” safida 25-raqamli futbolkada harakat qiladi.

Xabaringiz bor, Rabo 2018 yilning dekabr oyidan beri o‘yin amaliyotiga ega emas. Sababi o‘shanda futbolchi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamaganligi uchun asosiy jamoadan chetlatilgan edi.

Oldinroq futbolchining “Barselona” safiga qo‘shilishi mumkinligi aytilayotgan edi. Ammo kataloniyaliklar o‘z safiga Frenki de Yongni qo‘shib olganligi uchun fransuz futbolchisi bilan shartnoma imzolamadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Rab'o

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing