“Yuragini dushmaniga berayotgan bolakay”.  Inkuzart navbatdagi ishini Falastinga bag‘ishladi (video)

Bu qiziq

image

Toshkentda Inkuzart nomi bilan tanilgan ko‘cha rassomi G‘azodagi vaziyatga bag‘ishlangan graffiti chizdi.

Devorga ishlangan rasmda falastinlik bolakay Isroil harbiysiga mitti yuragini berayotgani tasvirlangan.

U videorolik izohiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha quyidagi bayonotini qoldirgan:

“Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, Isroil hujumlari boshlangandan beri G‘azoda 5 ming bola halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Inkuzart Falastin-Isroil mojarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing