Erdo‘g‘an Isroilning rahbariyatini sudga bermoqchi

Olam

image

Isroil G‘azo shahri va uning aholisini butunlay yo‘q qilish strategiyasini amalga oshirmoqda. Men Isroilni terrorchi davlat deb ochiq e’lon qilaman. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 15 noyabr kuni Anqarada hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi parlament fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytdi. 

Shu bilan birga, Turkiya davlat rahbari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga blokadadagi G‘azo sektoridagi tashabbuslari munosabati bilan murojaat qildi. 

“Men Netanyaxuga murojaat qilaman: senda atom bombasi, yadroviy bomba bor va sen u bilan tahdid qilyapsan. Senda nima bo‘lishidan qat’i nazar, baribir ketasan”, deya ishonch bildirgan Prezident. 

Erdo‘g‘an, agar Isroil qirg‘inni shu tarzda davom ettirsa, butun dunyo la’natlagan terror davlati ekanligini keng tan olishini qayd etdi. 

Turkiya yetakchisi Anqaraning Falastinning HAMAS harakati borasidagi pozitsiyasi haqida gapirar ekan, Turkiya bu harakat a’zolari o‘z vatanini himoya qilayotgan qarshilik jangchilari ekanini e’lon qilishdan tortinmasligini aytdi. 

“Agar bu ba’zilarni bezovta qilsa ham, biz HAMAS a’zolari o‘z vatanini va xalq hayotini himoya qilishga harakat qilayotgan qarshilik jangchilari ekanligini aytishdan hech ikkilanmaymiz”, deydi u. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 121 ovoz bilan qabul qilingan G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berishda betaraf qolgan davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. 

“Turkiya Falastinga ko‘rinadigan va ko‘rinmas gumanitar yordamning barcha shakllarini ko‘rsatish orqali Isroilni xalqaro maydonda yakkalab qo‘yishda davom etadi. Bundan tashqari, biz G‘azoning mazlum aholisiga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan Isroil harbiy-siyosiy rahbariyatini xalqaro sudga berish choralarini ko‘ramiz”, deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirida BMT Bosh Assambleyasi bir guruh arab davlatlari tomonidan tayyorlangan Falastin-Isroil mojarosi hududida zudlik bilan sulh tuzishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. 

Ushbu rezolyutsiyani 120 davlat  qo‘llab-quvvatlagan, ularning orasida O‘zbekiston ham bor. 

Hujjatda zudlik bilan gumanitar sulh tuzishga chaqiriq bor. Bundan tashqari, matnda barcha tomonlarning xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishi, G‘azo sektorini zudlik bilan asosiy mahsulotlar bilan ta’minlash, barcha tinch aholini ozod qilish, gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazib berish va buyruqni bekor qilish talablari mavjud. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an G'azo sektori Falastin-Isroil mojarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing