BMT Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston qaysi tomonda?
Olam
−
28 Oktabr 2023
13112BMT Bosh Assambleyasi bir guruh arab davlatlari tomonidan tayyorlangan Falastin-Isroil mojarosi hududida zudlik bilan sulh tuzishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyani 120 davlat qo‘llab-quvvatlagan, ularning orasida O‘zbekiston ham bor.
Hujjatda zudlik bilan gumanitar sulh tuzishga chaqiriq bor. Bundan tashqari, matnda barcha tomonlarning xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishi, G‘azo sektorini zudlik bilan asosiy mahsulotlar bilan ta’minlash, barcha tinch aholini ozod qilish, gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazib berish va buyruqni bekor qilish talablari mavjud.
Shuningdek, Isroildan Falastin aholisi va BMT xodimlarini janubiy anklavga ko‘chirish talab qilingan.
Isroilning BMTdagi doimiy vakili esa rezolyutsiyani sharmandalik deb atagan va BMT qonuniyligini yo‘qotganini aytgan.
AQSH, Isroil, Vengriya va yana 11 davlat rezolyutsiyaga qarshi chiqqan. 45 ta davlat esa betaraf qolgan.
LiveBarchasi