Yunusoboddagi daraxtlarga “suiqasd” bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
15 fevral 2022
3496Toshkentning Yunusobod tumanida daraxtlar osti betonlab tashlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Yunusoboddagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 14 dekabr kuni soat taxminan 03:00 dan 07:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yunusobod tumani Amir Temur va Chinobod ko‘chalari kesishuvida joylashgan 1-uyning yonidagi 1,5 sotix yer maydonidagi daraxtlarning pastki qismlari noma’lum shaxslar tomonidan kesilib, jami 10 dona “Eldor qarag‘ayi” daraxtlariga shikast yetkazilgan, natijada o‘simlik dunyosiga 83 160 000 so‘mlik zarar keltirilgan.
Hozirda, ushbu jinoyat ishi yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 fevral kuni tadbirkor mazkur yer uchastkasidagi “Eldor qarag‘ayi” daraxtlarining tagini betonlatgandi.