Yunusoboddagi avariya qurbonlari soni 5 nafarga yetdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
8446Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishining qurilishi davom etayotgan qismida yuz bergan fojia qurbonlari soni 5 nafarga yetdi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi kecha, 18 dekabr kuni beshinchi qurbonning jasadini tuproq ostidan chiqarib, uning shaxsiga aniqlik kiritdi:
1.I.Raxmatov– 1996 yilda tug‘ilgan.
Hozirda hodisaning sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo‘lgan fuqarolarning yaqinlariga zarur bo‘lgan yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Avvalroq, Yunusoboddagi hodisaning 4 nafar qurbonining ismini ma’lum qilgandik:
1. D.Abdullayev – 1999 yilda tug‘ilgan;
2. J.Ravshanov – 1989 yilda tug‘ilgan;
3. O.Abdullayev – 1957 yilda tug‘ilgan.
4. A.Diyorov – 1986 yilda tug‘ilgan.
LiveBarchasi