Yunusoboddagi avariya bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya yuz bergani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan hujjatga asosan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Vazirlar Mahkamasi farmoyishida shunday deyiladi: 

“Joriy yilning 18 dekabr kuni surunkali yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida tuproq ko‘chishi sodir bo‘lgan. 

Yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi kuch va vositalari safarbar qilingan. 

Ushbu hududda sodir bo‘lgan hodisaning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini o‘rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklandi.

Shuningdek, Toshkent metropolitenining yer usti va yer osti metro yo‘nalishlari qurilishida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi qayd etildi”.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yunusoboddagi avariya

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing