Yunusobodda voyaga yetmagan bola bo‘g‘ib o‘ldirildi

Jamiyat

image

Kecha, 7 fevral kuni Toshkent shahrida voyaga yetmagan bolaning jasadi o‘z uyidan topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

7 fevral kuni soat 17:40 da 102 raqamiga to‘shgan xabarga ko‘ra, 15 yashar N.E.ning bo‘g‘ilish izlari bo‘lgan jasadi Yunusobod tumanidagi o‘z uyidan topilgan. Tezkor-tergov chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20 yoshli E.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod qotillik

Baholaganlar

421

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing