Yunusobodda elektr energiyaga o‘rnatilgan me’yor bekor qilindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sinov loyihasi davomida joriy qilingan elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yori bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Shu yilning mart oyida Energetika vazirligi  karantin bilan bog‘liq bo‘lgan, va bunda aholi asosan vaqtini uyida o‘tkazishini hisobga olgan holda Moliya vazirligiga ushbu tajribani bekor qilish haqidagi murojaatini yo‘llagan edi. Bu barcha abonentlarga hozirgi paytda elektr energiyasi uchun haq to‘lashda teng sharoitda bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

Moliya vazirligidan 2020 yil 25 martda olingan javobga muvofiq, poytxatning Yunusobod tumanida elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yorini yuritish bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yori haq to‘lashga doir yangi sinov tizimining bir qismi bo‘lib, u yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish uchun 2019 yilning 1 yanvaridan Yunusobod tumanida joriy etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiya

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing