Yunusobodda avtobus ustunga borib urildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Isuzu” rusumli avtobus yo‘l chetidagi ustunga borib urilgan. Natijada 3 nafar odam jarohatlangan. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

“21 aprel kuni soat 07.15 da Yunusobod tumani A. Donish ko‘chasida 37 yoshli “Isuzu” rusumli avtobus haydovchisi Elmurod I. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga to‘qnashgan“ deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, to‘qnashuv natijasida haydovchi, ikki nafar yo‘lovchilar 38 yoshli Ikrom D. va 24 yoshli Azizbek M.lar jarohat olishgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH sababi aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing