Rossiyada ilk bor go‘dak COVID-19 bilan dunyoga keldi
Olam
−
02 aprel 2020
10198Joriy yilning 31 mart kuni Rossiya poytaxti Moskvada ilk bor chaqaloq COVID-19 xastaligi bilan dunyoga keldi. Bungacha uning onasi koronavirus shubhasi bilan shifoxonaga yotqzilgan va unda kasallik tasdiqlangan.
Yangi tug‘ilgan qizaloq testdan o‘tkazilgan va natija ijobiy bo‘lgan. Hozircha go‘dak boshqa shifoxonada alohida boksga o‘tkazilgan.
Uning ahvoli shifokorlarda hech qanday xavf tug‘dirmaydi, ammo onasi doimiy nazoratga olingan.
Ma’lumot uchun, Rossiya 3548 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 30 nafari vafot etgan va 235 nafari davolangan. Dunyoda esa virusga chalinganlar 1 mlnga, qurbonlar 50 mingga qarab ketyapti. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 200 mingdan oshdi.LiveBarchasi